“Xorazm” milliy tabiat bog‘i

Introducing

         “Xorazm” milliy tabiat bog‘i

 

      Xorazm viloyati O‘zbekistonnning shimoliy-g‘arbida, Amudaryoning quyi qismi, 600-610 sharqiy, 400-410 shimoliy kenglikda joylashgan. Xorazm viloyati hududi Turon pasttekisligining shimoliy qismida bo‘lib, qadimgi Amudaryo yoyilma(delta)si chap qirg‘og‘ini bir qismi va o‘ng qirg‘og‘ida Qizilqumning bir oz qismini egallagan.

      Umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lib, rekreatsiya hududi 9 181 gektarni tashkil etadi.

Tabiiy sharoiti: Xorazm milliy tabiat bog‘i  cho‘l -qurg‘oqchil zonada joylashgan bo‘lib, keskin o‘zgaruvchan (kontinental) iqlimi bilan ajralib turadi. Havo harorati, yozda    + 43, +54 gradusga, qishda yesa -16, -28 gradusga tushishi mumkin. Yillik yog‘in miqdori 120 -140 mm.ni tashkil etadi.

Florasi: Hududida saksovulzorlar, to‘qaylar, taqirlar o‘simliklari mavjud. Tabiat bog‘ida o‘simliklarning 13 oila dan ortiq turi qayd etilgan

Faunasi: Pitomnik faunasi juda xilma-xil. Daryo buyidagi to‘qayzorlarda, yovvoyi cho‘chqa, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, silovsin, chiyabo‘ri kabi qator sut emizuvchilar, qirg‘ovul, qizilishton, zarg‘aldoq , haqqush kabi qushlar va har xil sudralib yuruvchilarni uchratish mumkin. Umurtqali hayvonlardan toloy tovushqoni, tulki, qum mushugi, chiyabo‘ri, har xil kemiruvchilarni ko‘rishimiz mumkin. Xorazm viloyati hududida yashovchi va viloyat hududa uchib o‘tuvchi quyidagi hayvon, baliqlardan orol bakrasi (bakra), amudaryo kichik va katta kurak burunlari, turkiston mo‘ylovdori, orol mo‘ylovdori, turkiston laqqachasi, orol sulaymon balig‘i, orol tikanagi (shipovka) va qushlardan saqaqush, kichik va sariq oqqo‘ton, turkiston oq va qora laylagi, turnalarning hamma turi, marmar churrak, oqbosh o‘rdak, oq peshonali kichik g‘oz, suv qiyg‘iri. Hayvonlardan qorakuloq va buxoro xonguli "Qizil kitob” ga kiritilgan.

Ekoturizm maskanlari:

Milliy bog‘ xududidagi pitomnik sayyohlarni jalb qila oladi. Milliy bog‘da botanika, ornitologiya, ixtiologiya, entomologiya, va boshqa sohalarga ixtisoslashtirilgan ekskursiyalarni tashkil etish mumkin.

Qo‘riqxona atrofiga yaqin mehmonxona mavjud emas.

   Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Urganch tumani,  Zilol ko‘chasi,            9/2 uy.   indeks: 220511

Visit time

Ish kunlari soat 12:00 dan 20:00 gacha (qishda 17:00 gacha) Dam olish va bayram kunlari soat 09:00 dan 21:00 gacha (qishda 17:00 gacha)

No places

Latest news View more